Xalqaro hamkorlik: Slovakiya

Konstantin falsafa universiteti bilan hamkorlik
Slovakiya Respublikasining Nitra shahridagi Konstantin falsafa universiteti professor-o‘qituvchilari - Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, doktor Martina Pavlikova, Ingliz tili kafedrasi professori Zdenka Gadushova, Falsafa kafedrasi professori Roman Kralik va Matematika va informatsion texnologiyalar kafedrasi professori Alena Hashkova Osiyo texnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar, jumladan, bir-biriga mos keladigan fakultetlar o'rtasidagi hamkorlikni va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.