Xalqaro hamkorlik: Belgorod Davlat universiteti

Belgorod Davlat Universiteti bilan tajriba almashinuv
Ayni shartnomalar doirasida 3 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilindi. Osiyo texnologiyalar universitetiga chet ellik mutaxassis o'qituvchilar Belgorod Davlat Universiteti ‘Milliy tadqiqot universitetining rus tili va rus adabiyoti’ kafedrasi dotsentlari Poltaratskaya Svetlana Vladimirovna va Levina Ella Mixaylovna hamda dotsent, xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Danilenko Ilya Aleksandrovichlar ikki haftalik tajriba almashinuviga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida xorijlik professor-o'qituvchilar Osiyo Texnologiyalar Universitetining faoliyatini chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishdilar. O'z navbatida, mehmonlar o'zlari faoliyat yuritayotgan oliygohdagi ta'lim yo'nalishlari, ilmiy loyihalar va xalqaro grantlar haqida batafsil ma'lumot berishdi. Bu uchrashuvlar ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim zamin yaratdi va o'zaro tajriba almashish imkonini berdi.
Uchrashuvdan so'ng, xorijiy professor-o'qituvchilar universitetning o'quv jarayoniga faol ravishda jalb etildilar. Ular talabalar uchun maxsus intensiv darslar tashkil etib, o'z bilim va tajribalarini baham ko'rishdi.