VAZIR O‘RINBOSARI ROBOTOTEXNIKA VA IT KURSLARI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Osiyo texnologiyalar universiteti homiyligida tashkil etilgan “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasiga tashrif buyurdi.
👥 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Osiyo texnologiyalar universiteti homiyligida tashkil etilgan “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasiga tashrif buyurdi. “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasi $180.000 lik loyiha bo'lib, umumta’lim maktablarining 5-6-sinf o’quvchilari uchun robototexnika va IT kurslarini taklif etadi.
👥 Rejaga ko’ra, loyiha doirasida 2025-yil davomida jami 2000 nafar o'quvchi-yoshlarni uch bosqichda Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico dasturlarida o'qitilishi belgilangan.
➡️ Dasturning maqsadi yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan yaxshilash, IT xizmatlari salohiyatini oshirish va sohada yetuk mutaxassislarni yetishtirish nazarda tutiladi.



