Osiyo Texnologiyalar Universiteti imtihon jarayonlarini yuqori darajada tashkil
etishga alohida e'tibor beradi.
Bizning imtihonlarimiz eng so'nggi texnologiyalar bilan jihozlangan kompyuter xonalarida o'tkaziladi. Har bir talaba uchun mo'ljallangan 400
ga yaqin zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalarimizda
imtihonlar uzluksiz va qulay muhitda bo'lib o'tadi. Adolatli va shaffof
imtihon jarayonini ta'minlash maqsadida, malakali nazoratchilarimiz va
maxsus ishchi guruhlari tuzilgan. Imtihonlarning barchasi HEMIS
platformasi orqali qabul qilinadi, bu esa talabalarimizga natijalarni
tez va aniq olish imkonini beradi. Osiyo Texnologiyalar Universiteti
imtihonlarining samaradorligi va adolatini ta'minlash orqali talabalarimizning bilimini va ko'nikmalarini to'g'ri baholashga intiladi.
Bizning imtihon jarayonimiz talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga
poydevor qo'yishga qaratilgan.