Germaniyalik mutaxassislar Osiyo texnologiyalar universitetida!

2025-03-27
16
Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.

Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.

Osiyo texnologiyalar universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Germaniyaning yetakchi ta’lim tashkilotlari vakillarini qabul qildi. Ushbu tashrif doirasida KLETT GROUP maktablar tarmog‘i va Ernest Klett xususiy bog‘chalari mutaxassislari universitet rahbariyati bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar davomida Germaniya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlarini nemis ta’lim standartlariga moslashtirish va talabalarga Germaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma bog‘chalari tarmog‘ini tashkil etish tashabbusini ilgari surishdi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – bolalarni yoshligidanoq nemis ta’lim tizimi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularga sifatli bilim berish va chet tillarini o‘rgatishdir. Qo‘shma bog‘chalarning ochilishi pedagogik kadrlar malakasini oshirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Osiyo texnologiyalar universiteti va Germaniya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bu hamkorlik o‘zbek ta’lim tizimining rivojlanishiga, talabalarning xalqaro tajriba orttirishiga hamda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.Xalqaro hamkorlik va ta’lim rivoji yo‘lida yangi qadam.

Ulashish
16