Osiyo Texnologiyalar Universitetida 2025–2026 o‘quv yili magistr bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Osiyo Texnologiyalar Universitetida 2025–2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 132 nafar magistr bitiruvchiga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 132 nafar magistr bitiruvchiga oliy ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Marosim bitiruvchilar, ularning yaqinlari, universitet professor-o‘qituvchilari va jamoasi uchun unutilmas va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida bitiruvchilarning ta’lim davomida erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va yangi marralar tilandi.
Diplom topshirish marosimi yakunida bitiruvchilar uchun maxsus shou-konsert dasturi tashkil etilib, viloyat va shahrimizning taniqli san’atkorlari hamda maxsus mehmon Shohruxbek Ergashev o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ushbu kun bitiruvchilar uchun talabalik davrining yakuni va yangi hayot bosqichining boshlanishini anglatuvchi muhim sana sifatida xotiralarda qoladi.
Osiyo Texnologiyalar Universiteti barcha bitiruvchilarni ushbu muhim hayotiy bosqich bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!






