“Teatr kuni”da talabalar tashrifi

Osiyo texnologiyalar universiteti talabalari “Teatr — ibratxonadir” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdi.
🎬 Talabalar O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan Xayriddin Sultonning “Uyg‘on bolam” spektaklini tomosha qildilar.
💡 Spektaklda “Inson qadri” g‘oyasi asosida jamiyatimizdagi dolzarb masalalar, xususan kambag‘allikka qarshi kurash, yoshlarning ilmga munosabati va hayotiy mas’uliyati chuqur va ta’sirchan tarzda yoritildi.
💬 Sahnadagi voqealar va obrazlar talabalarda katta taassurot qoldirib, ularni hayot, maqsad va shaxsiy rivoj haqida chuqur o‘ylashga undadi.
✨ Mazkur tashrif yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantirishga xizmat qildi.




