GLOBALLASHUV DAVRIDA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI: TIL, TA’LIM, NAZARIYA VA AMALIYOT MUAMMOLARI

2025-05-16
3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17-dekabrdagi 
490-son buyrug‘iga asosan Osiyo texnologiyalar universitetida 2025-yil 16 – 17-may kunlari 
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan Osiyo texnologiyalar universitetida 2025-yil 16 – 17-may kunlari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman rejalashtirilgan.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman “Globallashuv davrida turkiy tillar taraqqiyoti: til, ta’lim, nazariya va amaliyot muammolari” mavzusiga bag‘ishlanadi. Konferensiya oflayn hamda onlayn formatda – ZOOM platformalarida tashkil etiladi.

Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:

1-sho‘ba. Turkiy tilli davlatlarda milliy tillar taraqqiyoti va ularning istiqbollarining dolzarb masalalari;

2-sho‘ba. Turkiy tillarda tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari;

3-sho‘ba. Turkiy tilli davlatlarda davlat tilida o‘qitish samaradorligini oshirish va ish yuritish muammolari;

4-sho‘ba. Turkiy tillar taraqqiyotida alifbo va imlo masalalari;

5-sho‘ba. Turkiy tillar onomastikasi, terminologiyasi va lug‘atshunosligi masalalari;

6-sho‘ba. Turkiy tillarda shevashunoslik va adabiy til me’yorlari.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz. 

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:

·     Matn Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda (hajmi: 5-8 sahifada) bo‘lishi maqsadga muvofiq.

·     Matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm,

chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm.

·     Maqolalar qog‘oz nusxada va elektron variantda. docx yoki. rtf formatda taqdim etiladi.

·     Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim.

·     Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Mavzu yuqorisida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi, telefon raqami to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Maqolaning birinchi sahifasi yuqoridan o‘ng tarafga maqola berilayotgan sho‘baning raqami (1-sho‘ba, 2-sho‘ba va h.k.) ko‘rsatilishi shart!

·     Barcha iqtiboslar [1 : 56] shaklda qavsda berilib, maqolaning oxirida tartib raqami bilan adabiyotlar ro‘yxati sifatida beriladi.

·     Anjuman materiallari anjuman mavzusiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasiga qarab oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Yuqoridagi talablarga javob bermagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Ma’ruzalarni konferensiyaga qadar to‘plam holida chop etish rejalashtirilgan.

Ilmiy – amaliy anjumanda ishtirok etish bepul.

Maqola va tezislarni qabul qilish uchun mas’ullarning telefon va telegram nomerlari:

Konferensiya anjumanida ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 25-aprelga qadar quyidagi telegram manzillariga yuborishingiz so‘raladi:



Ulashish
3