Ilm-fan
Ilm-fan

“Ilmiy maqola yozish va tadqiqot faoliyatini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy uchrashuv

Matbuot · Maqolasi
2025-11-26
1
Osiyo texnologiyalar universitetida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy jurnallar muharriri Sherzod Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ilmiy maqola yozish, tadqiqot metodologiyasi va nashr jarayonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

2025-yil 26-noyabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir mehmoni “Maktabgacha va maktab ta’limi” hamda “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy jurnallari muharriri Sherzod Qurbonov bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ilmiy maqola yozishning asosiy bosqichlari, maqolalarni ilmiy jurnallarga tayyorlash, mavzuni to‘g‘ri tanlash, ilmiy uslubdan foydalanish hamda ilmiy adabiyotlar bilan ishlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot olib borishda dolzarb masalalarni aniqlash, ilmiy yangilik yaratish va maqolalarni sifatli tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi. Sherzod Qurbonov PhD va doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet bilan ilmiy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha foydali ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar.

Osiyo texnologiyalar universitetida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy jurnallar muharriri Sherzod Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ilmiy maqola yozish, tadqiqot metodologiyasi va nashr jarayonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Osiyo texnologiyalar universitetida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy jurnallar muharriri Sherzod Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ilmiy maqola yozish, tadqiqot metodologiyasi va nashr jarayonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Osiyo texnologiyalar universitetida magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy jurnallar muharriri Sherzod Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ilmiy maqola yozish, tadqiqot metodologiyasi va nashr jarayonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ulashish
1 · Ko'rishlar