📢 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🎓 Osiyo texnologiyalar universitetida universitet ijrochi rektori Ibragimov Elyor Xakimovich bilan talabalar o‘rtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
👥 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.
💬 Ijrochi rektor tomonidan barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Mazkur uchrashuv ochiq muloqotni mustahkamlash, talabalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



