ZAMONAVIY FILOLOGIK TADQIQOTLAR: NAZARIYA, AMALIYOT VA INNOVATSION METODLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan Osiyo texnologiyalar universitetida 2025-yil 17 – 18-oktyabr kunlari Respublika ilmiy-amaliy anjumani rejalashtirilgan.
Ushbu ilmiy-amaliy anjuman “Zamonaviy filologik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot va innovatsion metodlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Konferensiya oflayn hamda onlayn formatda – ZOOM platformalarida tashkil etiladi.
Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
1-sho‘ba. Umumfilologik tadqiqotlar: talqin va tahlil masalalari;
2-sho‘ba. Adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari;
3-sho‘ba. Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari;
4-sho‘ba. Adabiy aloqalar va tarjima muammolari;
5-sho‘ba. Ta’lim-tarbiya va yangi innovatsion texnologiyalar;