Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi yurtdoshlarni O‘zbek tili bayrami bilan muborakbod etdi

Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish va milliy qadriyatlarimizni e’zozlash har birimizning muhim burchimizdir.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami!
Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etadi.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va boy ma’naviy merosimizning bebaho ifodasidir. Ona tilimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas boylikdir.
O‘zbek tilini asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish, sofligini saqlash hamda davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash barchamizning sharafli burchimizdir. Ayniqsa, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tilimizning mavqeyi yanada yuksalib, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizning mustahkam tayanchi bo‘lib xizmat qilaversin!
Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaydi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!




