Matbuot xizmati
Matbuot xizmati

Osiyo texnologiyalar universitetida Ozarbayjon Davlat bayroği qabul qilingan kun nishonlandi

Matbuot · Maqolasi
2026-11-06
1
6-noyabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetidagi Ozarbayjon–Özbekiston döstlik muzeyida Ozarbayjon Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda ikki xalqning tarixiy döstligi, milliy qadriyatlari va madaniy hamkorligi haqida so‘z yuritildi.

6-noyabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida Ozarbayjon Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet huzuridagi Ozarbayjon–Özbekiston döstlik muzeyida tashkil etildi.

Tadbir davomida Ozarbayjon Respublikasining Davlat bayroği tarixi, uning milliy davlatchilik va mustaqillik ramzi sifatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon Respublikasining uch rangli Davlat bayroği 1918-yil 9-noyabrda qabul qilingan. 2026-yilda ushbu tarixiy voqeaga 108 yil to‘ldi.

Tadbirda Ozarbayjon va Özbekiston xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, madaniy yaqinlik, o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi ahamiyati ham ta’kidlandi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlar va madaniy merosni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿🇦🇿 Özbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va madaniy aloqalar yanada mustahkamlanib boraversin!

Ulashish
1 · Ko'rishlar