📚 “VI Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival 22–26-may kunlari davom etadi.

🌍 Unda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Tojikiston, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, ijodkorlar va adabiyot namoyandalari ishtirok etdi.
🎓 Osiyo texnologiyalar universiteti delegatsiyasi ham festival ochilish marosimida qatnashdi. Delegatsiya tarkibida:
— Lochin Rahmonov — universitet rektori;
— Ibragimov Elyor Xakimovich — universitet ijrochi rektori;
— O‘ktam Abdullayev — Ilmiy innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i ishtirok etdilar.
💬 Tadbir davomida turkiy xalqlarni birlashtirishda adabiyot va kitobning o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda adabiy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Festival doirasida ilmiy anjumanlar, ijodiy uchrashuvlar va ma’ruzalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.




