Ilm-fan
Ilm-fan

“Markaziy Osiyo sivilizatsiya tizimida O‘zbekiston tarixi va madaniyati masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Matbuot · Maqolasi
2026-04-01
1
Osiyo texnologiyalar universitetida O‘zbekiston tarixi va madaniyatining Markaziy Osiyo sivilizatsiyasidagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilmoqda. Unda tarix, arxeologiya va madaniyatga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Osiyo texnologiyalar universitetida O‘zbekiston tarixi va madaniyatining Markaziy Osiyo sivilizatsiyasidagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilmoqda. Unda tarix, arxeologiya va madaniyatga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

2026-yil 15–16-may kunlari Osiyo texnologiyalar universitetida “Markaziy Osiyo sivilizatsiya tizimida O‘zbekiston tarixi va madaniyati masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston hududining qadimgi va o‘rta asrlar davridan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy-madaniy taraqqiyotini ilmiy jihatdan o‘rganish, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasidagi o‘rnini aniqlash va yangi ilmiy yondashuvlarni muhokama qilishga qaratilgan.

Konferensiya quyidagi sho‘balar asosida tashkil etiladi:

  • Markaziy Osiyo sivilizatsiya makonining shakllanishi va O‘zbekiston hududining qadimgi sivilizatsiyadagi o‘rni;
  • Ipak yo‘li davrida iqtisodiy va madaniy rivojlanish;
  • Islom sivilizatsiyasi davrida Movarounnahrning ilmiy va madaniy yuksalishi;
  • Chor Rossiyasi va Sovet davrida tarixiy jarayonlar;
  • Mustaqillik davrida tarixiy merosni tiklash va zamonaviy rivojlanish.

Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va yosh izlanuvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ishtirok etish bepul bo‘lib, maqolalar 2026-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.

Maqolalarni yuborish uchun:

  • Azim Ernazarov: +998 90 428 33 31
  • Oydinoy Ochilova: +998 88 902 94 94 | Telegram: @o_ochilova


Ulashish
1 · Ko'rishlar