Osiyo texnologiyalar universitetida professor Yusif Aliyev ishtirokida akademik dars bo‘lib o‘tdi

Osiyo texnologiyalar universitetida Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti Quba filiali direktori, fizika fanlari doktori, professor Yusif Aliyev tomonidan professor-o‘qituvchilar va magistrantlar uchun akademik dars tashkil etildi. Unda ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy maqolalar yozish metodikasi hamda Ozarbayjonda ilm-fan rivoji borasidagi tajribalar muhokama qilindi.
Osiyo texnologiyalar universitetida Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti Quba filiali direktori, fizika fanlari doktori, professor Yusif Aliyev ishtirokida universitet professor-o‘qituvchilari va magistrantlari uchun akademik dars tashkil etildi.
Akademik dars davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ilmiy mavzularni tanlash va yoritish, ilmiy maqolalar yozish metodikasi hamda ularni tayyorlash jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Ozarbayjonda ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish va tadqiqot natijalarini ilmiy maqolalarda to‘g‘ri aks ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir savol-javob va o‘zaro muhokamalar shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ilmiy izlanishlar va maqolalar tayyorlash borasidagi bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur akademik dars professor-o‘qituvchilar va magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.









